Mundarija

 

9- Mavzu:  POWER POINT dasturida slayd va taqdimotlar yaratish.

 

Reja:

 

1.     Misrosoft Power Point haqida tushuncha.

2.    Power Point dasturi imkoniyatlari.

3.    Power Point dasturida rasm, ovozlar va animastiyalar yozish.

4.     Power Point dasturida gippersûlkalar, animastiyalar kiritish va sozlash.

 

1.Misrosoft Power Point haqida tushuncha.

 

Bugungi kunda reklamalarga juda  keng  e’tibor  berilmokda. Reklamalarning xar xil kurinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarni yaratish va tarkatish buyicha eng kuchli vositaga aylandi.

Reklama prezentastiyasini yaratish bu kup vaktni talab  kiladigan,  juda muxim va mas’uliyatli jarayondir. Bu urinda sizdan talab kilinadigani bu rasmlar,  animastiya (xarakat), qiska matnlardan iborat sstenariyni o’ylab topish. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal  vositalardan  biri - bu  Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir.  U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli prezentastiyalar yaratish imkonini beradi.

Prezentastiyalarni tayyorlash natijasida:

katnashuvchilarga tarkatish uchun chop kilingan xujjat;

kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;

slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;

chuntak daftarchasi;

elektron prezentastiyalarni olish mumkin.

Microsoft Power Point dasturi  1987 yildan boshlab paydo bo’lgan bo’lsa ҳam, ammo prezentastion grafik ishlarida etakchi urin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi kushimcha fikrlar va prezentastiyalarni qo’llashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft  Power Point dan foydalanayotgan  xar bir foydalanuvchi ҳoҳ u yangi ish boshlovchi bo’lsa, ҳoҳ tajribali bo’lishidan qat’iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baxolaydi.

Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va prezentastiyalarni ҳosil qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, unda yaratilgan prezentastiyalarda oddiy animastiyalar ҳosil qilish mumkin.

Prezentastiya – ma’ruza, biznez reja va ҳokazolar bo’lishi mumkin. Ҳar bir prezentastiya bir necha slayddan tashkil topgan bo’lishi mumkin.

Misrosoft Power Point  - universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshkalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.

Power Point  dasturi Misrosoft firmasining prezentastiyalar (takdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida xam qo’llash mumkin. Ayrim ҳollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni ko’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini xam bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - slayd va prezentastuya tushunchalaridir.

Prezentastiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentastiya - Power Point dasturi ochilganda, sarlavxalar katorida paydo bo’lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan takdimotning ayni vaqtdagi nomi ҳisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o’z xoxishingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin.

Slayd - ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan mulokot varaqlari xisoblanadi. Unda biror maksad  bilan yaratilayotgan namoyishga elementlari joylanadi.

Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko’rgazmani tashkil qilish - slaydlar ketma-ketligini loyixalash va jixozlash demakdir.

Takdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko’p jiҳatdan takdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga boғlik ekanligini xam unutmaslik lozim.

 

2. Power Point dasturi imkoniyatlari.

 

Power Point dasturini ishga tushurish uchun “Pusk” à “Vse programmû”  à “Microsoft Office” à “Microsoft office Power Point”. Natijada Power Point dasturi yuklanadi.

 

Agar e’tibor beradigan bo’lsak Power Point dasturining interfeysi ҳam MS Word dasturi bilan deyarli bir xil. Faqat ishchi varaғi slaydlar yaratish uchun moslangan. Power Point dasturining ҳam standart uskunalar panelidagi  uskunalarning ҳammasi MS Word dasturing standart uskunalar panelidagi kabi bir xil va bir xil amalni bajaradi. Formatlash uskunalar panelida esa MS Word dasturida yo’q bo’lgan ba’zi bir uskunlar joylashgan. Quyida ana shu uskunalar va ularning bajaradigan amali to’ғrisida to’xtalib o’tamiz.

 

 belgilangan soҳadagi so’zlarni o’lchamini kattalashtirish.

 belgilangan soҳadagi so’zlarni o’lchamini kichiklashtirish.

 slaydlar quruvchisi.

 slayd yaratish.

Power Point dasturida yangi taqdimot yaratish uchun fayl menyusiga kiramiz va u erdan  buyruғini tanlaymiz. Yoki standart uskunalar panelidan  uskunasini sichqonchani chap tugmachasi bilan tanlaymiz. Yoki klaviaturada to’ғridan to’ғri [Ctrl+N] tugmalari kombinastiyasidan foydalanamiz.

 

Mavjud faylni ochish.

Oldin saqlangan faylni ochish uchun “Fayl” menyusiga kiramiz va u erdan  “Ochish” - [Ctrl+O] buyruғini yoki standart uskunalar panelidan  uskunasini sichqonchani chap tugmachasi bilan bir marta bosamiz. Natijada faylni ochish muloqot oynasi paydo bo’ladi. Ushbu oynadan kerakli manzildan (disk yoki papkadan) faylni qidirib topamiz. Shuni ҳam aytib o’tish mumkinki biror bir prezentastiyani tanlashimiz bilan uning strukturasi qo’shni oynada ko’rinib turadi. Demak biror bir faylni tanlab “Otkrût” – ochish tugmachasini sichqonchani chap tugmachasi bilan bir marta bosamiz. Natijada tanlagan faylimiz ochiladi.

Saqlash.

Power Point dasturida ҳam qilingan ishlarni saqlashning bir necha usullari mavjud bo’lib foydalanuvchi ulardan o’ziga ma’qul kelganidan foydalanishi mumkin.

1. Fayl menyusiga kiramiz va u erdan   - saqlash buyruғini tanlash yoki [Ctrl+S] tugmalarini bosish. Agar ushbu ҳolatda faylga oldin nom berilgan bo’lsa kiritilgan o’zgartirishlarni fayl ustiga saqlab qo’yadi. Agar faylga oldin nom berilmagan bo’lsa, faylni saqlashga nom kiritish va saqlash joyini  ko’rsatish muloqot oynasi paydo bo’ladi. Ushbu muloqot oynasining “Imya fayla” – fayl nomi bo’limining taklif qatoriga faylga nom kiritasiz va “Soxranit” –saqlash tugmachasini bertasiz. Aksariyat ҳolda saqlash uchun joyni “Moi dokumentû” papkasiga ko’rsatiladi. Chunki oldingi darslarimizda “Moi dokumentû” papkasi xujjatlarni saqlash uchun maxsus papka ekanligini aytib o’tdik. Ushbu oynaning tip fayla bo’limidan fayl tipini belgilashimiz mumkin. Fayl tipi avtomatik tarzda “Prezentastiya” ҳolatida turadi. Agar biz yaratgan taqjimotimizni Power Point  dasturi o’rnatilmagan kompyuterda ҳam ko’rishni ҳoҳlasak fayl tipini “Demonstrastiya Power Point” ko’rinishida belgilaymiz. Fayl kengaytmasi PPS bo’ladi.

2. Standart uskunalar panelidagi  uskunasini sichqonchani chap tugmachasi bilan bir marta bosish. Ushbu ҳolatdagi saqlash ҳam ҳuddi oldingisi kabi bir xil.

3. Klaviatura orqali [Ctrl+S] yoki [Shift+F12] tugmalarini bosish. Ushbu vaziyatda ҳam oldingilari kabi agar fayl oldin nom bilan saqlangan bo’lsa o’zgarishlarni fayl ustiga saqlab qo’yadi. Agar ҳali nomlanmagan bo’lsa saqlash muloqot oynasi chiqadi.

4. Boshqa nom bilan saqlash. Boshqa nom bilan saqlash uchun ya’ni oldin saqlangan bo’lsa unga yangi nom kiritish uchun fayl menyusiga kiramiz va u erdan   buyruғini tanlaymiz. Klafiaturada esa F12 tugmachasini bosish kerak bo’ladi. Natijada faylga yangi nom kiritish muloqot oynasi paydo bo’ladi. Ushbu oynaning ko’rinishi ҳam ҳuddi oldingi saqlash oynasi bilan bir xil bo’ladi.

Avto saqlash. Dasturning yana bir imkoniyati bu kiritilgan o’zgartirishlarni avtomatik saqlab borishdir. Avto saqlash vaqtini sozlash uchun “Servis” menyusiga kiramiz va u erdan “Parametrû” - ҳossalar buyruғini tanlaymiz. Natijada dastur ҳususiyatlarini o’zgartirish muloqot oynasi paydo bo’ladi. Ushbu oynaning “Soxranenie” bo’limini tanlaymiz va “Avtosoxranenie kajdûe” qismidan vaqtni o’zimiz uchun ma’qul bo’lgan variantni tanlab qo’yamiz. Bu vaqt avtomatik tarzda 10 minutda turadi. Biz esa uni bir oz kamaytirishimiz mumkin. Masalan: 2 min. Bu vaqtni qanchalik darajada kam yoki ko’pligi kiritilgan o’zgartirishlarni tezroq vaqt oraliғida saqlab borishni belgilaydi.

 

3. Power Point dasturida rasm, ovozlar va animastiyalar yozish.

 

Slaydlarga rasm va boshqa ob’ektlarni qo’yish.

 

Power Point dasturida ҳam MS Word dasturidagi kabi rasmlar bilan ishlash paneli mavjud. Ushbu panelda kartinkalar bilan ishlash oynasini chiqarish, fayldan rasm qo’yish, shakllar chizish va turli xil avtofiguralardan foydalanish kabi bo’limlari bor. “Avtofigurû” bo’limida MS Word jasturinikidan farqli ravishda “Upravlyayuùie kpopki” – ya’ni boshqaruvchi tugmalar qismi ҳam joylashgan. Ushbu bo’limdan biz o’zimiz kerakli bo’lgan boshqarish tugmalarini o’rnatishimiz mumkin. Boshqarish tugmalari deganda bir slaydan navbatdagisiga o’tkazish yoki oxirgi slaydga o’tkazish uvbi ishlarni bajarish tugmalari tushuniladi. Bundan tashqari bu dasturda ҳam “Vstavka” menyusida “Risunok” bo’limi joylashgan.

 

Ovoz yoki filmlar o’rnatish.

 

Biz odingi darslarimizda Power Point dasturining imkoniyatlari to’ғrisida to’xtalganimizda prezentastiyalarga ovoz va filmlarni biriktirish mumkinligi xaqida to’xtalib o’tgan edik. Endi esa bevosita ovoz yoki filmlarni o’rnatish to’ғrisida to’xtalib o’tamiz. Buning uchun “Vstavka” menyusiga kiramiz va bu menyudan  bo’limini tanlaymiz. Natijada o’ng tomoniga yangi menyu ochiladi. Bu menyuda quyidagi bo’lim va buyruqlar joylashgan.

 

Kartinkalar kollekstiyasidan film o’rnatish;

Fayldan film o’rnatish;

Kartinkalar kollekstiyasidan ovoz o’rnatish;

Fayldan ovoz o’rnatish;

Kompakt diskka ovoz yozish;

Ovoz yozish

 

Misol tariqasida fayldan ovoz o’rnatishni ko’rib chiqaylik. Buning uchun  ni tanlaymiz. Natijada ovozli fayllarni qidirib topish muloqot oynasi paydo bo’ladi. Ushbu oynadan biror bir ovozli faylni tanlab “OK” tugmasini bosamiz. Natijada so’rov muloqot oynasi paydo bo’ladi. Agar ushbu so’rov oynasidan “Avtomaticheski” tugmachasini tanlasak qo’yayotgan ovozli faylimiz namoyish boshlanishi bilan avtomatik tarzda ishlaydi. Agar “Po ùelchku” tugmachasini tanlasak qo’ygan ovoz faylimiz sichqoncha yordamida ishga tushirmaguncha ishlamaydi. Sichqoncha yordamida ishga tushirish degani ovoz znachogini ustida sichqonchani chap tugmachasini bir marta bosamiz.

 

 

 

 

4. Power Point dasturida gippersûlkalar, animastiyalar kiritish va sozlash.

 

Gippersûlkalar o’rnatish.

 

Gippersûlka (Gipperboғlanish) o’rnattish mumkinligi Power Point dasturini imkoniyatini yanada oshiradi. Gipperboғlanishni oddiy matnga yoki ixtiyoriy shaklllarga boғlashimiz mumkin.  Misol sifatida oddiy matnga “Gippersûlka” o’rnatishni ko’rib chiqamiz. Buning uchin biror bir so’zni blokka olamiz va sichqonchaning o’ng tugmachasini bir marta bosamiz. Natijada kontekst menyusi ochiladi. Bu kontekst menyudan  buyruғini tanlaymiz. Yoki “Vstavka” menyusiga kirib ҳuddi shunday  buyruғini yoki standart uskunalar panelida joylashgan  uskunasini tanlashimiz mumkin. Ushbu tugmachani tanlaganimizdan so’ng gipperboғlanish qo’shish muloqot oynasi paydo bo’ladi. Ushbu muloqot oynasida boғlanish uchun faylni ko’rsatamiz.

 

Agar joriy faylni o’zidan biror bir slaydga boғlamoqchi bo’lsak slayd nomi va joyini belgilaymiz. Buning uchun “Zakladka...” bo’limini tanlaymiz. Natijada slayd nomini tanlash imkoniyatini beruvchi yangi muloqot oynasi paydo bo’ladi. Ushbu muloqot oynasidan boғlanishi kerak bo’lgan slaydni sichqoncha chap tugmachasi yordamida aktivlashtiramiz va OK tugmachasini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi yo’qoladi va oldingi oynaga qaytib qoladi. Boshqa ҳech narsani o’zgartirmoqchi bo’lmasak bu erda ҳam OK tugmachasini tanlaymi.

 

Animastiyalar kiritish.

 

Biz oldingi darsimizda Power Point dasturida prezetastiyalarga soddda animastiyalar biriktirish mumkinli to’ғrisida to’xtalib o’tgan edik. Endi sa ana shunday animastiyalarni matn yoki rasmlarga biriktirish yo’l yo’riqlari bilan tanishib chiqamiz. Animastiya kiritish uchun dastlab animayalar animastiyalar panelini ochib olish kerak. Buning uchun “Pokaz slaydov” menyusidan    buyruғini tanlash kerak. Ushbu buyruqni tanlashimiz bilan Power Point dasturining topshiriqlar paneli bo’limining ko’rinishi o’zgaradi. Ya’ni u erda animastiyali effektlar ro’yxati paydo bo’ladi. Bu ro’yxatdan istagan ko’rinishdagi animastion effektlarni tanlashimiz mumkin. Eslatma sifatida shuni ta’kidlab o’tish mumkinki biror bir effektni tanlashimiz bilan uning qanday ko’rinishdagi animastiya ekanligi darrov namoyish etiladi va belgilangan yoki aktiv slaydlar uchun qo’llaniladi. Animastiyalar ro’yratining pastki qismida joylashgan “Primenit ko vsem slaydam” tugmachasini bosish bilan tanlagan animastiyamizni ҳamma slaydlar uchun qo’llashimiz mumkin. “Prosmotr”  tugmachasini bosish bilan yana bir bora slaydimizga kiritgan animastiyani ko’rishimiz mumkin. “Pokaz slaydov” tugmachasining vazifasi esa qilingan ishlarni namoyish etishdir. Ya’ni katta ekranda ko’rsatish. Tugmachani klaviaturada [Shift+F5] tugmachasi bajaradi. E’tibor beradigan bo’lsak oynaning pastki qismida joylashgan “Avtoprosmotr” bo’limiga belgi qo’yilgan ҳolatda turibdi. Agar biz ushbu belgini olib qo’yadigan bo’lsak, animastiyani tanlashimiz bilan uning qanday animastiya ekanligi bizga namoyish etilmaydi.

 

Animastiyalarni sozlash.

 

Animastiyalarni sozlash uchun “Pokaz slaydov” menyusidan  buyruғini tanlaymiz. Ushbu “Nastroyka animastii” buyruғini tanlashimiz bilan yana topshiriqlar paneli oynasining ko’rinishi o’zgarib qoladi. Ushbu panelning “Dobavit effekt” – effekt qo’shish tugmasi orqali tanlagan slaydimizga yoki ob’ektimizga yangi animastiyali effekt biriktirishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu tugmachani tanlashimiz bilan kontekst menyusi paydo bo’ladi. Ushbu kontekst menyudan animastiyalarni kirishda (Vxod) yoki chiqishda qanday ko’rinishda bo’lishini belgilashimiz mumkin. Misol tariqasida kirishga animastiya qo’yishni ko’radigan bo’lsak “Vxod” tugmachasini tanlashimiz bilan yana yoniga yangi kontekst menyu ochiladi. Ushbu kontekst menyuning yuqori qismidan animastiyalarni tanlashimiz mumkin. Bu edragilardan tashqari boshqa animastiya qo’ymoqchi bo’lsak “Drugie effektû” bo’limini tanlashimiz kerak bo’ladi. “Drugie effektû” bo’limini tanlashimiz bilan yangi effektlarni tanlash “Dobavlenie effekta vxoda” muloqot oynasi paydo bo’ladi. Paydo bo’lgan muloqot oynasidan qo’shimcha effektlardan o’zimizga yoqqanini tanlab “OK” tugmachasini bosish bilan ishni yakunlaymiz. “Vûxod” bo’limidan ҳam chiqish uchun animastiyalarni shu tartibda bajarishmiz mumkin.

“Udalit” – o’chirish bo’limidan esa qo’yilgan animastiyalarni o’chirib tashlashimiz mumkin.

“Nachalo” boshlash bo’limidan qo’yilgan effektlarni namoyish vaqtida qay vaziyatni boshlanishini belgilashimiz mumkin. Ya’ni agar ҳoҳlasak ҳar bir effektni boshlash uchun klaviaturadagi yo’naltiruvchi tugmachalar yoki sichqonchani tugmachasini bosib turib o’tkazishga sozlashimiz mumkin. Buning uchun “Nachalo”  bo’limidan  ҳolatini tanlashimiz kerak bo’ladi. Agar effektlarni birin ketin avtomatik tarzda namoyish etilishini ҳoҳlasak  ҳolatini tanlashimiz kerak bo’ladi. Effektlarni ma’lum vaqt oraliғida chiqishini ta’minlamoqchi bo’lsak  ҳolatini tanlashimiz kerak. Effektlarni boshqa ҳossalarini (oraliq vaqt va boshq.) o’rnatish uchun  ustiga kelib sichqonchani o’ng tugmachasini bir marta bosamiz. Natijada kontekst menyu ҳosil bo’ladi. Ҳosil bo’lgan kontekst menyudan  bo’limini tanlaymiz. Natijada effektlarni qo’shimcha ҳossalarini o’rnatish muloqot oynasi paydo bo’ladi. Muloqot oynasi uchta zakladkadan iborat bo’lib, ular effekt, vremya va animastiya teksta. “Effekt” zakladkasidan animastiyalarni qo’shimacha parametrlari o’rgatiladi. Masalan ovoz qo’shish yoki  animastiyadan keyingi ҳolatni belgilash mumkin. “Vremya” zakladkasidan esa animastiyalar oraliғidagi vaqtlarni sozlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. “Animastiya teksta”  zakladkasidan esa matnlarni effektlarini belgilashimiz mumkin. Masalan ҳamma matnlarni bitta ob’ekt ko’rinishida belgilash yoki aloҳida abzastlar ko’rinishida belgilash kabi.

“Poryadok” tartiblash bo’limidan ob’ektlarni animastiya paytidagi navbatini o’zgartirishimiz mumkin.

“Prosmotr” tugmachasini tanlash orqali slaydga qo’yilgan effektlarni yana bir bora ko’rish, tekshirish imkoniyati bor.

“Pokaz slaydov” tugmachasini bosish bilan aktiv slaydni namoyish etib ko’rish mumkin. Bu ishni klaviatura orqali [Shift+F5] tugmachalari kombinastiyalaridan foydalanib ҳam amalga oshirishimiz mumkin.

 

Fon qo’yish.

 

Tayyorlamoqchi bo’lgan prezentastiyamizni qanchalik darajada kishi etiborini jalb qilishi uning foniga boғliqdir. Fon o’rnatishda Power Point dasturining tayyor shablonlaridan ҳam foydalanish yoki o’zimiz tayyorlagan ixtiyoriy rasmni fon sifatida foydalanish mumkin. Power Point dasturining tayyor shablonlaridan foydalanish uchun formatlash uskunalar panelida joylashgan slaydlar quruvchisi uskunasini tanlaymiz. Natijada topshiriqlar panelida “Slayd dzayneri” paydo bo’ladi. Biz esa “Slayd dzayneri” panelidan  bo’limini tanlaymiz. Ko’p ҳolda avtomatik tarzda shu bo’limning o’zi tanlangan ҳolatda bo’ladi. ning pastki qismida turli xil ko’rinishda shablonlar joylashgan. Ulardan o’zimizga yoqqanini sichqoncha yordamida tanlab slayd uchun qo’llashimiz mumkin. Bundan tashqari  bo’limidan rangli sxemalardan fon sifatida foydalanishimiz mumkin.

Savol va topshiriqlar

 

1.     Power Point»  qanday dastur xisoblanadi.

2.     Slayd nima? Unda nimalar joylashtiriladi?

3.     Taqdimot yaratishni necha turi bor?

4.     Ovoz va filmlarni o’rnatish qanday amalga oshiriladi ?

5.     Struktura rejimida ishlaganda turli amallar bajaruvchi qanday tugmachalar mavjud? 

6.     Maxsus effekt deganda nima tushiniladi ?

7.     Animastion effekt deganda nimani tushunasiz?

8.     Power Point dasturida qilingan ishlarni saqlash tartibi bilan tanishtiring?

9.     Animastiya  parametrlari qanday sozlanadi?

10.  Animastion effektda  ishlash uchun qanday ishlar bajariladi?